15 sentyabrda Buxoro, Navoiy viloyatlarida kunning birinchi yarmida, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25-30° atrofida bo‘ladi.

Poytaxtda kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-29° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° atrofida bo‘ladi.