Shavkat Mirziyoyev pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi. Bu haqda u Toshkent viloyatida o‘qituvchilar bilan muloqot chog‘ida aytib o‘tdi.
2026 yildan boshlab kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning 25 foizi qoplab beriladi. Davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan pedagoglarning farzandlariga to‘lov-kontrakt summasidan 30 foiz chegirma beriladi. Shuningdek, ro‘yxatdan quyidagilar kelib chiqadi:
- yangi ta’lim texnologiyalarini keng qo‘llash uchun o‘qituvchilarga kompyuter sotib olish uchun 10 mln so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi; kelgusi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari uchun to‘lovlar 2 baravarga kamaytiriladi;
- fan o‘qituvchilari kabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga ham milliy sertifikat berish tizimi joriy etiladi. Sertifikat egalariga har oyda 15 foiz miqdorida ustama to‘lanadi;
- maktabga ishga joylashgan imtiyozli bitiruvchilarga avtomatik ravishda ikkinchi malaka toifasi, magistrlarga esa birinchi malaka toifasi beriladi;
- maktabga ishga joylashgan imtiyozli bitiruvchilarga avtomatik ravishda ikkinchi malaka toifasi, magistrlarga esa birinchi malaka toifasi beriladi;
- reytingning top-100 taligiga kirgan maktab va bog‘chalar, top-20 talikka kirgan texnikumlar va top-10 talikka kirgan oliygohlar pedagoglariga yiliga bir marta O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish uchun samolyot va poyezd chiptalariga 15-20% chegirma beriladi.