Shavkat Mirziyoyev 15-sentyabr kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyurib, o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqot qiladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar bermoqda.
Tadbir doirasida davlat rahbari ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan bir guruh xodimlarga davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshiradi, shuningdek, ta’lim sifatini oshirish va o‘qituvchilarni yanada qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qiladi.
Tashrif davomida tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan ham tanishish rejalashtirilgan.