15-sentyabr kuni Toshkentning Yashnobod tumanida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi. Bu haqda tuman hokimligi xabar bermoqda.

Ma’muriyat ma’lumotlariga ko‘ra, MJK PS, Jarqo‘rg‘on fideridagi avariyaviy holat tufayli elektr ta’minoti vaqtincha, taxminan 2 soatga o‘chirilgan.

Quyidagi ko‘chalarda elektr energiyasi bo‘lmaydi:

  • Jarqo‘rg‘on ko‘chasi;
  • Yangilik ko‘chasi;
  • Oydinko‘l ko‘chasi;
  • Yangiobod ko‘chasi;
  • Shohimardon ko‘chasi;
  • Zanjirsoy ko‘chasi;
  • Chilonota ko‘chasi;
  • Musaffo ko‘chasi;
  • Qirg‘izboy ota ko‘chasi.

Hurmatli fuqarolar, avariya holatlari bartaraf etilgandan so‘ng elektr ta’minoti to‘liq tiklanadi, — deyiladi hokimlik xabarida.