Toshkentda o‘pirilgan tuproq avtobus, marshrutka va ekskavatorni “yutib yubordi”

Toshkentda avtobus va marshrutka yer cho‘kishi oqibatida yer ostiga tushib ketdi. Avtobusni tortib chiqarmoqchi bo‘lganida, maxsus texnika ham ag‘darilib ketdi.

Янгиликлар

15-sentyabr kuni Toshkentda avtobus va marshrutka yer cho‘kishi oqibatida yer ostiga tushib ketdi. Toshkent shahar suv ta’minoti vaziyatga oydinlik kiritdi.

Voqea Mirzo Ulug‘bek tumani Gulsanam ko‘chasidagi ichimlik suvi tarmog‘ini yangilash, jumladan, diametri 400 mm bo‘lgan quvurni almashtirish ishlari olib borilayotgan qurilish maydonida sodir bo‘lgan.

Ishlar tizimli ravishda olib borilmoqda, qazilgan transheyalar o‘tkazilishi bilan ko‘mib borilmoqda. Biroq, tarmoqning eng yaqin qismidagi nosozlik tufayli suv sizib chiqishi natijasida ko‘milgan xandaqlarda tuproq keskin cho‘kkan. Oqibatda hosil bo‘lgan chuqurlikka transport vositalari qisman tushib ketgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, avtobusni olib chiqishga urinish chog‘ida maxsus texnika ag‘darilib ketgan. Shuningdek, hosil bo‘lgan o‘pirilishlarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Nashrni qo‘llab-quvvatlash Bir bosish — mustaqil tahririyatga katta yordam

Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.

Mavzu bo‘yicha yana

Barcha materiallar
Botkin qabristonida qabr toshlari shikastlangach, Toshkentda qurilish to‘xtatildi Янгиликлар Toshkent metrosida yo‘lovchiga 10 ming dollar qaytarildi Янгиликлар Hukumat qisqartirishdan keyin muddatidan oldin pensiyani rasmiylashtirish tartibini tasdiqladi Янгиликлар Turkiyalik jarrohlar 5 va 6-oktabrda Namanganda bolalarni bepul ko‘rikdan o‘tkazadi Янгиликлар