Toshkentda sport oziq-ovqat do‘koni bepul kreatin tarqatgani uchun izdihom ko‘tardi. Poytaxt IIBB holat yuzasidan izoh berdi.
IIBB oziq-ovqat qo‘shimchalari bepul tarqatilgani, odamlar ko‘p to‘plangani haqidagi ma’lumotni tasdiqladi. Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, do‘kon egalari ommaviy tadbirni o‘tkazish uchun tegishli organlardan ruxsat olmagan.
Voqea joyiga huquq-tartibot idoralari xodimlari yetib borib, vaziyatni nazoratga olgan va fuqarolarni bir-biridan ajratishni ta’minlagan. Jabrlanganlar yo‘q. Do‘kon egalariga nisbatan Yunusobod tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Keyinroq do‘konning Instagramdagi rasmiy sahifasida u noma’lum muddatga yopilgani haqida xabar paydo bo‘ldi.