16-sentyabrda O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin.

Havo harorati kunduzi 20–30 daraja, janubda 30 darajagacha, sharqda 27 darajagacha bo‘ladi. Shamol g‘arbdan, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kunduzi 23-25° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda 10-15° iliq, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, baland tog‘larda qor yog‘ishi mumkin.