16-sentyabr kuni Toshkentning uchta tumanida gaz qisman o‘chirildi. Bu haqda Hududgaz Poytaxt matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib borishmoqda. Shu sababli quyidagilar gazsiz qoldirildi:
- Olmazor tumani: soat 10:00 dan 17:00 gacha: Xamitov ko‘chasi;
- Sergeli tumani: 11:00 dan 17:00 gacha: “Nomdanak”, “Xonobod” va “Qutbaraka” mahallalari;
- Shayxontohur tumani: soat 10:00 dan 18:00 gacha: “Charx Novza” MFY, Oqtepa MFY va Yangiobod ko‘chasi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.