AQSH hukumati Green Card deb nomlanuvchi Diversity Visa lotereyasida ro‘yxatdan o‘tish uchun 1 dollar miqdorida to‘lov joriy qilmoqda. Bu haqda Davlat departamenti saytida ma’lum qilindi.
Viza olish uchun arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lov o‘zgarmadi — 330 dollar. Yangi yig‘im tizimga xizmat ko‘rsatish, ma’lumotlarni saqlash, avtomatik tanlash va xavfsizlikni tekshirish xarajatlarini qoplashga yordam beradi.
Shuningdek, to‘lov firibgarlik arizalari sonini kamaytirishi kerak. U har yili taxminan 25 million dollar qo‘shimcha daromad keltiradi.