1-oktyabrdan boshlab moped va skuterlarni boshqarishga ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin hamda “A” toifadagi haydovchilik guvohnomasi mavjud bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi. Bu haqda YHXX eslatdi.

Qoida dvigatelining ish hajmi 25 sm3 dan 50 sm³ gacha bo‘lgan, shuningdek elektr dvigatelining quvvati 0,25 kVt dan 4 kVt gacha va konstruktiv tezligi 25 dan 50 km/soat gacha bo‘lgan foydalanishda bo‘lgan moped va skuterlarga taalluqlidir.

Haydovchilardan oldindan ro‘yxatdan o‘tish va belgilangan qonunchilik talablariga rioya qilish so‘ralgan.