Namangan viloyatidagi “Navbahor” futbol maktabi Niderlandiyaning mashhur “Ayaks” akademiyasi boshqaruviga o‘tkaziladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Futbol maktabini uch yil muddatga berish rejalashtirilgan. Davlat rahbari Namanganga akademiyadan 11 nafar mutaxassis — murabbiylar, skautlar va metodistlar kelishini ta’kidladi.
Prezident kelgusida bu akademiyada dunyoning yetakchi klublarida to‘p suradigan, jahon chempionatlarida mahoratini ko‘rsatadigan futbolchilar yetishib chiqishiga ishonch bildirdi.