17-sentyabr kuni O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar bermoqda.

17-sentyabr kuni soat 09:14 da Navoiy viloyati Konimex tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Epitsentrdagi silkinish kuchi 4 ballni tashkil etdi.

Magnituda — 3,9, chuqurlik — 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 363 km janubiy-g‘arbda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • G‘ijduvon tumanida 3 ball, 23 km;
  • Konimex tumanida 2 ball, 57 km;
  • Navbahor tumanida 2 ball, 57 km.