Samarqand viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish natijasida katta miqdorda zarar yetkazgan korxona aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mas’ul inspektorlar tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, mahalliy oilaviy korxona elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib olgani aniqlangan. Yetkazilgan zarar 2 mlrd 160 mln so‘mni tashkil etgan.

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.