Surxondaryoda hakamlik sudi kadrlar bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga olindi Surxondaryoda hakamlik sudi kadrlar bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mulozim o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, Termiz shahrida yashovchi fuqaroni tanishlari orqali viloyat bojxona boshqarmasiga inspektor sifatida ishga joylashtirib qo‘yish evaziga undan 1000 dollar talab qilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda xodim so‘ralgan pulni olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (Xizmat mavqeidan foydalangan holda firibgarlik) va 28, 211-moddasi 1-qismi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi hibsga olindi.