Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Ostonada bo‘lib o‘tgan Jahon dinlari yetakchilarining VIII qurultoyida so‘zlagan nutqida yadroviy Armageddon xavfini yuqori deb atadi. Tengrinews nashri davlat rahbarining so‘zlarini keltirmoqda.
Bezovtalik yadroviy mojaro xavfini keltirib chiqarmoqda. Bunday Armageddon ehtimoli ekspertlar tomonidan so‘nggi o‘n yilliklarda eng yuqori deb baholanmoqda. Ming afsuski, dunyoda konstruktiv tashabbuslar va yumshatish siyosati o‘rniga qarama-qarshi fikrlash kuchayib bormoqda, geosiyosiy bo‘shliqlar kengaymoqda, ijtimoiy keskinlik kuchaymoqda, — dedi Qozog‘iston yetakchisi.
To‘qayevning fikricha, bunday murakkab voqelikda konstruktiv diplomatiya asosiy rol o‘ynashi kerak. Hozirda sivilizatsiyalararo almashinuvni rivojlantirish, odamlar va jamiyat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash uchun alohida mas’uliyat yuklangan diniy yetakchilarga katta umid bog‘lanmoqda.
Ishonchim komilki, diniy yetakchilar dunyoning tartibsizlik girdobiga tushib ketishini to‘xtatish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi, ko‘plab siyosatchilarga sog‘lom fikr, yaxshi iroda va axloqiy mas’uliyatni eslatadi, — deya qo‘shimcha qildi To‘qayev.