Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarda yashovchilar endi pullik avtoturargohlarda bepul to‘xtashlari mumkin. Bu haqda Poytaxt Parking xabar bermoqda.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, pullik avtoturargohlarda rezidentlik shartnomalari joriy etilmoqda. Endi pulli avtoturargohlar mavjud bo‘lgan hududlar aholisi uchun ma’lum kunlarda bepul avtoturargohlar mavjud bo‘ladi:
- har kuni dushanbadan jumagacha, keyingi kun soat 20:00 dan 08:00 gacha;
- shanba va yakshanba kunlari ikki sutka mobaynida;
- bayram kunlari
Poytaxt Parking haydovchilarni yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga, shuningdek, avtomobillarini to‘xtash joyi chiziqlari bo‘ylab qo‘yishga chaqirdi. Shu bilan birga, muayyan ko‘chalardagi tirbandlikdan kelib chiqib, vaqtinchalik cheklovlar joriy etilishi mumkin.
Rezidentlik shartnomasini qanday rasmiylashtirish, shuningdek, barcha tafsilotlar va rasmiy qaror noyabr oyida e’lon qilinadi.