Buyuk Britaniya O‘zbekistondan kelgan mehnat muhojirlari uchun mavsumiy ishlar kvotasini oshiradi. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Londonda agentlik direktori Behzod Musayev, O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov va Association of Labour Providers bosh direktori Devid Kemp o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Buyuk Britaniya o‘zbekistonlik yoshlarni Britaniya korxonalariga ishga joylashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Migratsiya agentligi bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga tayyor.

Uchrashuv davomida Buyuk Britaniyaning mavsumiy ishchilar dasturi doirasida O‘zbekiston fuqarolari uchun kvotalarni oshirish, yangi mavsumiy operatorlar bilan shartnomalar tuzish, shuningdek, vatandoshlarni xavfsiz va tartibli ish bilan ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.