FIFA 2026 yilgi jahon chempionatiga o‘z futbolchilarini qo‘yib yuborgan jamoalarga 355 mln dollar ajratadi. O‘zbekiston futbol klublari ham federatsiyadan moliyaviy bonuslar oladi.

Klub imtiyozlarining kengaytirilgan dasturi doirasida assotsiatsiya 355 mln dollar ajratishni rejalashtirmoqda, bu oxirgi JCH-2026 bilan taqqoslaganda 70 foizga ko‘p. To‘lovlarni olish huquqi futbolchilarga nafaqat turnirning final bosqichida, balki saralash o‘yinlarida ham taqdim etiladi.

FIFA va Yevropa klublari assotsiatsiyasi o‘rtasidagi yangilangan memorandum tufayli summa oshdi. Klublarni qo‘llab-quvvatlash dasturi ilk bor qo‘llanilgan 2010-yilda jamg‘arma 40 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilga kelib bu miqdor 209 million dollarga yetdi.