Xalqaro futbol federatsiyasi jahon terma jamoalari reytingini yangiladi.

O‘zgargan ro‘yxatda O‘zbekiston 54-o‘rinni egallagan. Iyul oyiga nisbatan mamlakat bir pog‘onaga ko‘tarildi.

Terma jamoa hali ham Markaziy Osiyodagi eng kuchli jamoa bo‘lib qolmoqda:

  • O‘zbekiston – 54-o‘rin;
  • Tojikiston – 104-o‘rin;
  • Qirg‘iziston – 106-o‘rin;
  • Qozog‘iston – 118-o‘rin;
  • Turkmaniston – 138-o‘rin.

Reyting 210 ta terma jamoadan iborat. Uni Ispaniya boshqarib, San-Marino yakunlamoqda.