2025-yil avgust oyida O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida 74-o‘rinni egalladi. Bu haqda Speedtest Global Index ma’lumotlarida keltirilgan.
Iyul oyidagi ko‘rsatkichlar bilan solishtirganda mamlakat bir pog‘onaga ko‘tarildi. Mobil internet tezligi 55,51 Mbit/s deb baholanmoqda.
Simli internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston 74-o‘rinni egalladi (bir oy oldin 73-o‘rinda edi). O‘rtacha tezlik — 86,71 Mbit/s.
Eng tez mobil internet BAAda — 614,42 Mbit/s. Simli internet tezligi bo‘yicha Singapur yetakchilik qilmoqda — 394,30 Mbit/s.