8-15 sentyabr kunlari Kvanju provinsiyasida II Xalqaro snayperlar turniri bo‘lib o‘tdi, unda Mudofaa vazirligi terma jamoasi ikkinchi marta ishtirok etdi.

Musobaqada 10 ta davlatdan 54 ta snayperlar jamoasi ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston sharafini ikki jamoa himoya qildi.

Musobaqalar maxsus taktik mashqlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ular kunduzgi va tungi vaqtlarda bajarilgan. Ishtirokchilardan turli masofalarda – shahar, tog‘ va o‘rmon sharoitida nishonlarga aniq o‘q otish uchun to‘pponcha, avtomat va snayper qurollaridan mohirona foydalanish talab qilindi.

Навыки команд оценивались по следующим критериям:

  • uzoq masofalarga katta burchak ostida otish;
  • nostandart vaziyatlarda noqulay pana joylardan o‘t ochish;
  • notanish joyda dushman obyektiga magnit azimuti bo‘yicha yashirincha harakatlanish;
  • kuchli jismoniy va ruhiy zo‘riqish ostida yuqori aniqlikda otish;
  • jang maydonida taktik tibbiyotni qo‘llash;
  • yaqin masofalarda to‘pponcha va avtomatdan tez otish;
  • kunduzgi va tungi vaqtda nishonlarni aniqlash va masofani belgilash;
  • notanish snayper qurolidan otish;
  • tog‘li hududlarda uzoq masofalarni to‘liq jihozlangan holda bosib o‘tish;
  • harakatlanayotgan uchish apparati va harbiy texnikada pozitsiyadan turib otish.

Musobaqa yakunida O‘zbekiston jamoasi 539,5 ball bilan xorijiy davlatlar orasida faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinda 534,7 ball bilan vetnamlik snayperlar bormoqda. Kuchli uchlikni AQSH harbiylari 519 ball bilan yakunladi.

Mudofaa vazirligi o‘tgan yili O‘zbekiston jamoasi ushbu musobaqada ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritganini ta’kidladi.

Vatanga qaytgan g‘oliblar Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.