Foto: Artur Miskin

Toshkentda erkak avtobusda ketayotgan qizlarga tegajog‘lik qilib, orqasidan ushladi. Chilonzor sudi uni 5 sutkaga qamoq jazosiga hukm qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda 11-avtobus tasvirlari tarqaldi. Erkak behayo harakatlar qilib, yo‘lovchilarning orqasidan pastrog‘iga ataylab tegingan. Sud majlisida erkak aybiga iqror bo‘ldi va bunday holat boshqa takrorlanmasligini aytdi.

U Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (Jinsiy tegajog‘lik) bilan aybdor deb topilib, 5 sutkaga qamaldi.