Donald Tramp o‘tirgan AQSH prezidentining Air Force One samolyoti Londonga parvoz vaqtida Fort-Loderdeyldan Bostonga uchayotgan Spirit Airlines aviakompaniyasining Airbus A321 yo‘lovchi samolyotiga xavfli darajada yaqin kelib qolgan. Bu haqda Bloomberg nashri yozmoqda.

Hodisa Long-Aylend ustida sodir bo‘lgan. Dispetcher ikkita samolyotning balandligi va trayektoriyasining mos kelishini qayd etdi. Bir necha bor ogohlantirishlarga qaramay, Spirit Airlines uchuvchilari uzoq vaqt davomida qo‘ng‘iroqlarga javob bermadi. Faqat vaqt o‘tgach, ekipaj yo‘nalish o‘zgarganini tasdiqladi.

Boeing 747. Ishonchim komilki, siz uning kimligini ko‘rib turibsiz, — dedi dispetcher Spirit Airlines yo‘nalishni to‘g‘rilagandan so‘ng.

Donald Tramp Londonga davlat tashrifi bilan keldi, uning dasturidan qirol Charlz bilan uchrashuv va Amerika kompaniyalarining Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga kutilayotgan sarmoyalarini muhokama qilish o‘rin olgan.