19–21-sentyabr kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi. Bugun kunduz kuni havo 25-28o issiqqacha, janubda ba’zi joylarda 30o issiqqacha ko‘tariladi. Shanba kuni cho‘l hududlarda va respublika janubida, yakshanba kuni O‘zbekistonning markaziy hududlarida kunduz kunlari harorat 32-34o issiqqacha ko‘tariladi.
Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida 20-21 sentyabr kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 23-28o issiq atrofida bo‘ladi. Shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Toshkentda ba’zan o‘zgaruvchan bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Kunduzi havo harorati: bugun kunduzi 26° atrofida, ertaga 28-30°, yakshanba kuni 32-34° bo‘ladi.