Namangan viloyatida Norin tumani hokimi prezidentning infratuzilma holati haqidagi tanqididan so‘ng konteynerga ko‘chib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev tumanning Sho‘rariq mahallasiga tashrifi chog‘ida infratuzilma holatini tanqid qilib, tuman hokimiga mahallaning eski binosiga ko‘chib o‘tish, u yerda “uxlash” bo‘yicha topshiriq berdi. Tuman hokimini ushbu binoga o‘tkazish bo‘yicha tegishli qaror prezident tomonidan viloyat hokimiga berilgan.
Sharoiti og‘ir mahallani o‘zgartirish ishlari allaqachon boshlangan. Joylarda viloyat hokimi boshchiligida barcha ishlarni muvofiqlashtirish uchun shtab tashkil etilib, uning faoliyati tizimli yo‘lga qo‘yilgan.
Norin tumani hokimi mahalla hududida o‘rnatilgan konteynerli uyga ko‘chib o‘tdi. Bu islohotlarni jadallashtirish, mavjud muammolarni tezkor hal etish va mahallani obod maskanga aylantirish imkonini beradi, — deyiladi xabarda.