Rossiya prezidenti Vladimir Putin mehnat muhojirlari uchun patent tizimini bekor qilish haqida o‘ylash kerakligini aytdi. RBK nashri RF yetakchisining so‘zlarini keltiradi.

Migrantlar uchun patent tizimini bekor qilish — o‘ylab ko‘rish kerak. U keng qo‘llaniladi. Men hech narsani istisno qilmayman, — dedi prezident Davlat dumasidagi fraksiyalar rahbarlari bilan uchrashuv doirasida.

Vladimir Putinning ta’kidlashicha, migratsiya sohasi rossiyaliklar uchun sezgir bo‘lib, na federal darajada, na mahalliy hokimiyat o‘zini muammo yo‘qdek tutmasligi kerak.

Bu masalalar bor, ularni hal qilish kerak, lekin ularni doimiy e’tiborda tutmasak, hal qilib bo‘lmaydi, — dedi u.

Rossiyada vizasiz rejim o‘rnatilgan mamlakatlardan kelgan mehnat muhojirlari uchun patent tizimi amal qiladi. Bu ishlash uchun ruxsatnoma bo‘lib, u mamlakatga kirgandan keyin 30 kun ichida rasmiylashtirilishi kerak. Patent olish uchun yashash joyida ro‘yxatdan o‘tish, tibbiy ko‘rikdan o‘tish, rus tili, tarixi va qonunchiligini bilishini tasdiqlash, IIVga hujjatlar to‘plamini topshirish va davlat bojini to‘lash kerak.