Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan bog‘liq materiallarni O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallarning yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi.
Ro‘yxatga Facebook’da 220 ta sahifa, Telegram messenjerida 709 ta kanal va guruh, Instagramda 239 ta profil, Youtube’da 104 ta kanal, Odnoklassniki’da 27 ta sahifa, TikTok’da 46 ta akkaunt, 40 ta veb-sayt va taqiqlangan materiallar mavjud bo‘lgan boshqa manbalar kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatda ko‘rsatilgan kanallar va guruhlar tomonidan e’lon qilingan materiallarni tarqatish qonunbuzarlik hisoblanadi.