O‘zbekiston TIV 19-sentyabr kuni zilzila sodir bo‘lgan Rossiyaning Kamchatka o‘lkasida bo‘lib turgan mamlakat fuqarolariga murojaat bilan chiqdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 19 sentyabr kuni Kamchatka o‘lkasi qirg‘oqlari yaqinidagi Tinch okeani akvatoriyasida 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan. Petropavlovsk-Kamchatsk va Vilyuchinskda yer silkinishi 7 ballgacha sezilgan. Sunami xavfi e’lon qilindi.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot yo‘q. Favqulodda xizmatlar yuqori tayyorgarlik rejimida ishlamoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, mintaqaviy hokimiyat organlari va boshqa vakolatli idoralar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston fuqarolari favqulodda xizmatlar ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilishlari va xotirjamlikni saqlashlari, zarur hollarda Bosh konsulxonaga murojaat qilishlari so‘ralgan:

  • +7 (423) 260-48-00;
  • +7 (902) 078-70-07.