19-sentyabr kuni Toshkentning to‘rtta tumanida gaz qisman o‘chirildi. Bu haqda Hududgaz Poytaxt matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib borishmoqda. Shu sababli quyidagilar gazsiz qoldirildi:

  • Yakkasaroy tumani, soat 10:00 dan 20:00 gacha: “Shohjahon”, “Rakat”, “Konstitutsiya”, “Rakatboshi”, “Tepa”, “Belariq” mahallalari, “Muhandislar”, “Bobur”, “A. Qahhor”, “Armug‘on” va “Boshliq” ko‘chalari;
  • Mirobod tumani, soat 10:00 dan 15:00 gacha: “Baynalminal”, “Yangi Mirobod”, “Mirobod” va “Avloniy” mahallalarida;
  • Chilonzor tumani, soat 10:00 dan 20:00 gacha: Bobur ko‘chasi;
  • Yangihayot tumani, soat 10:00 dan 17:00 gacha: “Yorqin hayot”, “Xushnud”, “Zarbdor” va “Olchazor” mahallalarida.