Toshkentdagi “Chorsu” mehmonxonasi o‘rnida amalga oshiriladigan loyihaning renderi e’lon qilindi. Bu haqda NOVA24 nashri yozmoqda.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, fotosuratlar hozirda bosmaxonada saqlanayotgan Votum Development jurnalining yangi sonidan olingan bo‘lishi mumkin. Kadrlarga qaraydigan bo‘lsak, 29 qavatli mehmonxonaning asosiy binosi, kutilganidek, Navoiy shohko‘chasining vertikal dominantasi bo‘ladi. Loyihani amalga oshirish bilan aynan kim shug‘ullanishi hozircha noma’lum.

“Chorsu” mehmonxonasini demontaj qilish ishlari 2025-yilda boshlangan bo‘lib, 2029-yilgacha davom etadi. Loyiha Germaniyaning Tchoban Voss Architekten kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uning qiymati 170 mln dollarga baholanmoqda. Maydonni rekonstruksiya qilish 620 ta ish o‘rni bilan ta’minlaydi va Toshkent jamg‘armasiga qariyb 113 ming kvadrat metr turar-joy va tijorat ko‘chmas mulkini qo‘shadi.

Bloger Nikita Makarenko loyihaga izoh berar ekan, hukumatdan arxitektura yodgorliklarini saqlab qolish uchun binolarni o‘z vaqtida ta’mirlashni so‘radi.

Nihoyat, 20-yildan buyon nurab, deyarli vayronaga aylangan “Chorsu” mehmonxonasining jafokash binosi taqdiri hal bo‘ladi. Hech bir sarmoyador uni olishni istamadi. Olayotganlar esa oxir-oqibat rad etishdi. Afsuski, uni qutqarib qolishning iloji yo‘q. Bu qayg‘uli. Ammo ayb uni saqlamaganlarda. Uni endi tiklab bo‘lmaydi, albatta, — deb yozdi bloger.