19-sentyabr kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida va tog‘larda yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin.
Havo harorati kunduzi 22-32 daraja, janubda 32 darajagacha, sharqda 27 darajagacha bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kunduzi 24-26° bo‘ladi. Tog‘li hududlarda 13-18°, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qor yog‘ishi mumkin.