20-sentyabrda O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi.

Havo harorati kunduzi 23-35°, janubda 35° gacha, sharqda 30° gacha bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kunduzi 27-29° bo‘ladi. Tog‘li hududlarda 20-25°, yog‘ingarchilik kutilmaydi.