O‘zbekiston vakillari Keniya bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Keniya bosh vaziri, tashqi ishlar va diaspora ishlari vaziri Musaliya Mudavadi bilan uchrashdi.
Biz birgalikda ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida kommyunike imzoladik. Keniya Afrikadagi eng jadal rivojlanayotgan iqtisodiyotlardan biri hamda texnologiyalar va innovatsiyalar markazi sifatida ajoyib taraqqiyotni namoyish etmoqda.
Biz ikki mamlakat xalqlariga sezilarli foyda keltiradigan samarali hamkorlik uchun keng imkoniyatlarni muhokama qildik, — deyiladi xabarda.
Keniya O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 164-davlat bo‘ldi.