Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining yubiley 80-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun 20-sentyabr kuni amaliy tashrif bilan Nyu-York shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlatimiz rahbari Bosh Assambleya yalpi sessiyasi umumiy munozaralarining birinchi kunida nutq so‘zlaydi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, qator xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Sammit doirasida nufuzli xalqaro moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuvlar, AQShning yetakchi kompaniyalari va investitsiya tuzilmalari ishtirokida tadbirlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.