20-sentyabr kuni Toshkentning ikki tumanida gaz qisman o‘chirildi. Bu haqda Hududgaz Poytaxt axborot xizmati xabar bermoqda.
Mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib borishmoqda. Shu sababli quyidagilar gazsiz qoldirildi:
- Bektemir tumani, soat 10:00 dan 17:00 gacha: Zabardast mahallasi;
- Chilonzor tumani, soat 10:00 dan 20:00 gacha: Katta Olmazor mahallasi, Alisher Navoiy ko‘chasi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.