22-26-sentyabr kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet matbuot xizmati xabar bermoqda.

Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 24-29 daraja issiq bo‘ladi. Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida 22-23-sentyabrda va 26-sentyabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 24 va 26-sentyabrda respublika shimolida va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 13-16°, kunduzi 22-23 sentyabrda 24-27°, 24-26 sentyabrda 27-29° bo‘ladi.