22-sentyabr kuni O‘zbekiston hududida zilzila sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.

Zilzila soat 07:04 da qayd etilgan. Zilzila epitsentri Qirg‘izistonning Botken shahrida bo‘lgan. Magnituda 3,3. Chuqurlik 10 km. Epitsentrdagi silkinish kuchi — 3 ball.

Zilzila episentri Toshkentdan 265 km janubiy-sharqda.

Oʻzbekistondagi yer silkinishlarining kuchi:

  • Quvasoy shahri: 2 ball, 23 km;
  • Farg‘ona tumani: 2 ball, 31 km.