Krasnoyarsk o‘lkasining “Solonsi” posyolkasida Rosgvardiya xodimlari o‘zbek estrada xonandasi Jaloliddin Ahmadaliyevning 600 dan ortiq mehmon to‘plangan “Toj” restoranida bo‘lib o‘tayotgan konsertini to‘xtatdi.
E’lon qilingan kadrlarda huquq-tartibot idoralari xodimlari hujjatlarni tekshirish va xizmat itlari ishtirokida tintuv o‘tkazayotganini ko‘rish mumkin. Bir necha kishini zanjirga tizib, soqchilar kuzatuvida ziyofatxonadan olib chiqishdi.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, reyd Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan xorijliklarni, shuningdek, giyohvand moddalar savdosiga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslarni aniqlashga qaratilgan. Jami 620 kishi tekshirildi, ular orasida 210 nafar xorijlik ham bor. Taqiqlangan buyum va moddalar aniqlanmadi.
Qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazish uchun 26 nafar fuqaro IIVning “Yemelyanovskiy” FMga olib kelingan. Ma’lum bo‘lishicha, ulardan sakkiztasi mamlakatda noqonuniy ravishda bo‘lgan.
Natijada politsiya xodimlari Rossiyada bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun 19 ta ma’muriy bayonnoma tuzdi va soxta ro‘yxatga olish bo‘yicha uchta jinoiy ish qo‘zg‘atdi.