Samarqandda sotuvchining olomon tomonidan kaltaklangani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda Kun.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea 22-sentyabr kuni soat 18:30 larda Urgut tumani “Mergancha” MFYdagi savdo do‘konlaridan birida sodir bo‘lgan. 32 yoshli erkak uch nafar tanishi bilan kelib, peshtaxta ortida turgan 29 yoshli sotuvchini do‘pposlagan. Bunga uning akasi va jabrlanuvchi o‘rtasidagi mojaro sabab bo‘lgan.
Kadrlarda jabrlanuvchining yerga yiqilib tushayotgani, uning titrab-qaqshayotgani aks etgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari jinoyat ishi qo‘zg‘atishdi.
Ish Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi (bezorilik) bilan kvalifikatsiya qilingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.