Ijtimoiy tarmoqlarda uning oilasi hokim qarori tufayli uysiz qolganini iddao qilib yozgan maktubi suratlari tarqaldi.

Sizning qaroringiz tufayli biz uysiz qoldik. Onam darbadarlikda vafot etdi. Akam haligacha uy-joysiz, uylanolmay yuribdi. Qachondir siz o‘z uyingizga qaytishingizga ishonamiz, biz esa 13 yildan beri o‘z uyimizga qayta olmayapmiz, — deyiladi maktubda.

В хокимияте района заявили о создании рабочей группы для рассмотрения ситуации, сообщила пресс-служба хокимията.

Qayd etilishicha, xat muallifi Salima Qo‘ldosheva muqaddam bu muammo bilan hokimga yoki hokimlikka murojaat qilmagan.

Uning murojaati batafsil ko‘rib chiqildi. Ayni paytda tuman hokimi tomonidan S.Qo‘ldashevaga amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda. Xususan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Bundan tashqari, akasini migratsiyadan qaytarish va munosib ishga joylashtirish choralari ko‘rilmoqda, — deyiladi xabarda.