25-sentyabr kuni O‘zbekistonda havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati ba’zi joylarda 31 daraja issiqqacha ko‘tariladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda ham o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Sharqiy shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-16°, kunduzi 29-31° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida o‘zgaruvchan bulutli havo kutilmoqda. kechga tomon ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharq shamoli tezligi 9-14 m/s. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.