Andijon viloyatida 25-sentyabr kuni 3 ta avtomobil ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.

Hodisa soat 23:20 atrofida Baliqchi tumanidagi tartibga solinadigan chorrahada sodir bo‘lgan. 2004 yilda tug‘ilgan mast haydovchi haydovchilik guvohnomasisiz Nexia-2 boshqaruviga o‘tirgan. Chinobod—Baliqchi yo‘nalishida harakatlanayotgan yigit oraliq masofani saqlamasdan svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtagan Cobalt va Nexia-3 avtomobillarining orqa qismiga borib urilgan.

YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, transport vositalariga texnik shikast yetgan. Ish bo‘yicha tergov boshlandi. Aybdor katta miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.