26-sentyabr kuni O‘zbekistonda bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduz kuni havo harorati 30 daraja issiqqacha ko‘tariladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda kechasi qisqa muddatli yengil yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmayapti. G‘arbdan esayotgan shamol tezligi sekundiga 3-8 metr, ayrim paytlarda 10-12 metrgacha kuchayishi ehtimoli bor. Havo harorati kechasi 15-17°, kunduzi 26-28° bo‘ladi.

Qolgan hududlarda asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo o‘zgarib turadi. Havo harorati kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ham o‘zgaruvchan bulutli, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.