Toshkent viloyatida bolalarning ommaviy zaharlanishi ortidan huquq-tartibot idoralari 7 kishini hibsga oldi. Bu haqda Kun xabar bermoqda.

Hibsga olinganlarning uch nafari oziq-ovqat sanoati korxonasi rahbarlari bo‘lib, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ularning mahsulotlari zaharlanishga sabab bo‘lgan.

Bolalar bog‘chalariga oziq-ovqat yetkazib beruvchi autsorsing kompaniyalarining yana to‘rt nafar rahbari. Jinoyat ishi viloyat IIBdan to‘g‘ridan to‘g‘ri Ichki ishlar vazirligiga o‘tkazilgan.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi vakili Nurmat Otabekovning ma’lum qilishicha, 27 sentyabr holatiga ko‘ra, shifoxonalarda 700 nafarga yaqin bola davolanmoqda, ulardan atigi 13 nafarining ahvoli o‘rtacha og‘ir. Shifoxonalarga jami 1922 nafar bola yotqizilgan, biroq ularning 959 nafarida tashxis tasdiqlanmagan.

Bolalar Toshkent viloyatidagi yettita shifoxonada davolanishni davom ettirmoqda, Olmaliq, Nurafshon, Bekobod, Oqqo‘rg‘on, Bo‘ka, Piskent va Quyi Chirchiq tumanlarida bolalar bog‘chalari zaharlangan.