Bosh prokuratura Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda ommaviy zaharlanish holatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev boshchiligida maxsus ishchi guruh tuzilgan. Tekshiruv davomida maktabgacha yoshdagi bolalarning barchasi to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Bu kabi holatlar takrorlanishining oldini olish maqsadida prokuratura organlari tomonidan barcha davlat bog‘chalarida autsorsing shartnomalari asosida oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish holatlari o‘rganilishi tashkil etildi. Tergov harakatlari davom etmoqda, ular yakuni bo‘yicha ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.
Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, 29 sentyabr soat 12:00 holatiga ko‘ra, shifoxonalarda 38 nafar bola qolmoqda. Uning ta’kidlashicha, tez orada ular ham uyga javob beriladi. Ota-onalarga farzandlarining salomatligi to‘g‘risida muntazam ravishda ma’lumot berib boriladi.
Ayni paytda tibbiy yordam ko‘rsatilgan bolalar orasida og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlar yo‘q, vaziyat to‘liq shifokorlar nazoratiga olingan.