Telegram asoschisi Pavel Durovning aytishicha, fransuz maxsus xizmatlari messenjerdan Moldova rasmiylari uchun noqulay bo‘lgan kanallarni bloklashni talab qilgan. Bu haqda tadbirkor o‘z kanalida yozdi.

Pavel Durovning so‘zlariga ko‘ra, taxminan bir yil oldin unga vositachi orqali “Moldova hukumatiga yordam berish” va bir qator kanallarga kirishni cheklash so‘ralgan. Birinchi ro‘yxatda haqiqatan ham Telegram qoidalarini buzgan resurslar bor edi va ular o‘chirildi.

Keyin vositachi menga bu hamkorlik evaziga fransuz razvedkasi o‘tgan yilning avgustida meni hibsga olishga order bergan sudyaga men haqimda “yaxshi fikrlar bildirishini” aytdi, — deb yozadi Durov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, tez orada yangi ro‘yxat kelib tushgan, unga qonuniy kanallar kiritilgan, ularning “buzilishi” faqat Fransiya va Moldova hukumatlarini qoniqtirmaydigan pozitsiyalarni efirga uzatgani bo‘lgan.

Biz bu so‘rovni bajarishdan bosh tortdik, — dedi Pavel Durov.

Moldovada 28-sentyabr kuni parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi, unda prezident Mayya Sandu partiyasi g‘alaba qozondi.