29-sentyabrda kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning birinchi yarmida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy viloyatlarining shimolida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 26-31° bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-30°.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatining ayrim tog‘li hududlarida kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° atrofida bo‘ladi.