O‘zbekistonda 130 tonnadan ortiq sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari savdodan olib tashlandi. Bu haqda SES xabar bermoqda.

Рейды прошли для приведения санитарного состояния рынков в соответствие с требованиями, предотвращения пищевых отравлений, обеспечения санитарно-эпидемиологического благополучия и снабжения населения безопасными продуктами питания.

Mamlakatdagi 300 ta dehqon bozorida ichki ishlar, soliq inspeksiyasi, veterinariya xizmati xodimlari va bozorlar ma’muriyatlari bilan hamkorlikda mahsulotlar sifatini nazorat qilish bo‘yicha reydlar o‘tkazildi.

Tekshiruvlar natijasida yaroqlilik muddati o‘tgan, sanitariya me’yorlariga javob bermaydigan yoki xavfsizlik kafolati bo‘lmagan 130,5 tonna uy sharoitida tayyorlangan mahsulotlar va taomlar sotuvdan olinib, belgilangan tartibda utilizatsiya qilindi.

Bundan tashqari, savdo rastasidan tashqarida — aravachalarda, maxsus kiyimsiz va tibbiy ko‘rikdan o‘tmasdan, sanitariya qoidalarini buzgan holda go‘sht, sut, qandolat mahsulotlari, salat va non savdosi bilan shug‘ullangan 514 nafar fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortilib, jarimaga tortildi.

Tekshiruvlar, shuningdek, bozorlarda bir qator tizimli muammolarni aniqladi:

  • 111 ta holatda go‘sht sotish, 158 ta holatda sut mahsulotlari sotish pavilonlari mavjud emas;
  • 27 ta bozorda veterinariya-sanitariya laboratoriyalari mavjud emas;
  • 8 ta bozorda jamoat hojatxonalari, 17 tasida chiqindilarni vaqtincha yig‘ish maydonchalari mavjud emas;
  • 80 ta bozorda suv ta’minoti, 142 tasida oqova suvlarni to‘plash va zararsizlantirish tizimi mavjud emas;
  • 77 ta bozor dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya qilishga vakolatli tashkilotlar bilan shartnomaga ega emas.

Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda dehqon bozorlarining sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha ishlar davom etayotganini ta’kidladi.