O‘zbekiston Prezidenti mamlakatning Yadroviy zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga qo‘shilishi haqidagi qonunni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston ehtimoliy yadroviy zarar uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik masalalarini tartibga soluvchi Vena konvensiyasiga rasman qo‘shilmoqda.
Qo‘shilish natijasida atom energiyasidan foydalanish fuqarolik obyektlarida sodir bo‘lgan noxush hodisalar oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik rejimini, zararni qoplash tartibi, shartlari va prinsiplarini belgilovchi asosiy normalar qo‘llaniladi. Yadroviy javobgarlik rejimi, shuningdek, yadroviy falokat yuz bergan taqdirda O‘zbekiston xalqiga kompensatsiya to‘lashni nazarda tutadi.
Ushbu hujjatning asosiy maqsadi yadroviy qurilma operatori tomonidan boshqariladigan obyektlardagi hodisalar natijasida yuzaga kelgan yadroviy zarar uchun operatorning javobgarligini, shuningdek, yadroviy zarardan moliyaviy himoyani ta’minlash uchun minimal talablarni belgilashdan iborat.
Bundan tashqari, O‘zbekistonning Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik bilan hamkorligi kengayadi va uning dasturlari doirasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlar faollashadi.