В Лиме завершился чемпионат мира по быстрым шахматам и блицу среди юниоров. Об этом сообщает Федерация шахмат Узбекистана.

Musobaqada 19 mamlakatdan 89 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. O‘zbekistonlik shaxmatchilar ajoyib natijalarni namoyish etishdi.

Rapid bo‘yicha «Open» yo‘nalishida Muhammadzohid Suyarov oltin, Muhiddin Madaminov kumush medalni qo‘lga kiritdi. Blits yo‘nalishida Muhiddin Madaminov g‘alaba qozongan bo‘lsa, Muhammadzohid Suyarov bronza, Humoyun Bekmurodov to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Ayollar o‘rtasida rapid yo‘nalishida Afruza Hamdamova va blits yo‘nalishida Umida Omonova bittadan kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Chempionat natijalariga ko‘ra:

  • Muhiddin Madaminov — 12 ochko, oltin medal, jahon chempioni;
  • Muhammadzohid Suyarov — 10 ochko, bronza medali;
  • Umida Omonova — 9,5 ochko, kumush medal;
  • Humoyun Bekmurodov — 9 ochko, 4-o‘rin;
  • Madinabonu Xalilova — 8 ochko, 6-o‘rin.